Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga kiritildi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.