O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatdagi paxta tozalash korxonalaridan birida o‘tkazilgan nazorat tadbirida sodir etilgan talon-torojlik aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Unda korxona texnik chigit tovarshunosi A.K. Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi M. ismli shaxs bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2018 yil hosilidan ishlab chiqarilgan ikkinchi nav birinchi sinfli, jami 101,7 ming kilogramm, umumiy qiymati 116,5 mln so‘mlik texnik chigitni 11 ta yuk tashuvchi mashinalarga yuklagan holda, soxta hujjatlar asosida olib chiqib ketayotganda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.