O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi «Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida» qaroriga asosan olimpiya va paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari uchun umrbod oylik to‘lovlar to‘lab borilishi belgilangan edi.

Qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 27 dekabridagi va joriy yilning 7 fevraldagi tegishli farmoyishlariga asosan, umrbod oylik to‘lov oladigan sportchilar ro‘yxati tasdiqlandi.

Hozircha umrbod oylik to‘lov to‘lab boriladigan olimpiya va paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindori soni 57 nafar. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan:

Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari;

Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari;

Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida umrbod oylik to‘lab boriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi 878-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan umrbod oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga asosan, umrbod to‘lovlarni olish uchun har yili 1 dekabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ariza va pasport nusxasi taqdim etilishi shart.

Sportchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, olimpiya va paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa, vafot etsa umrbod oylik to‘lov to‘xtatiladi.

Ta’kidlash joiz, sportchi kelgusi olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida yana g‘olib va sovrindor bo‘lsa, unga umrbod oylik to‘lovlar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

Umrbod oylik to‘lanadigan olimpiya va paralimpiya o‘yinlaridatg‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar ro‘yxati:

T/r

Sportchilar

nomi

Sport turi nomi

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tgan yillari va davlatlar nomi

Qo‘lga kiritgan medali

Olimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar

1964 yil

1.

Babanina Svetlana Viktorovna

suzish

XVIII yozgi Olimpiya o‘yinlari Tokio shahri (Yaponiya)

bronza

1976 yil

2.

Riskiyev Rufat Asadovich

boks

XXI yozgi Olimpiya o‘yinlariMonreal shahri (Kanada)

kumush

1980 yil

3.

Pavlova Larisa Mixaylovna

voleybol

XXII yozgi Olimpiya o‘yinlari Moskva shahri (Rossiya)

oltin

4.

Yambulatov Rustam Zaynullovich

o‘q otish

XXII yozgi Olimpiya o‘yinlari, Moskva shahri (Rossiya)

kumush

5.

Ruziyev Sabirjan Sabitovich

qilichbozlik

XXII yozgi Olimpiya o‘yinlari Moskva shahri (Rossiya)

kumush

6.

Xam Alina

Yegorovna

chim ustida xokkey

XXII yozgi Olimpiya o‘yinlari Moskva shahri (Rossiya)

bronza

1992 yil

7.

Chusovitina Oksana Aleksandrovna

sport gimnastikasi

XXI yozgi Olimpiya o‘yinlari Barselona shahri (Ispaniya)

oltin

1996 yil

8.

Bagdasarov Armen Yurevich

dzyudo

XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlariAtlanta shahri (AQSH)

kumush

9.

To‘laganov Karim Olimjonovich

boks

XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlariAtlanta shahri (AQSH)

bronza

2000 yil

10.

Abdullayev Muxammatkodir Maxamatyakubovich

boks

XXVII yozgi Olimpiya o‘yinlari Sidney shahri

(Avstraliya)

oltin

11.

Saidov Rustam Tuxtasinovich

boks

XXVII yozgi Olimpiya o‘yinlari Sidney shahri

(Avstraliya)

bronza

2004 yil

12.

Xaydarov Utkirbek Abdujalilovich

boks

XXVIII yozgi Olimpiya o‘yinlari Afina shahri

(Gretsiya)

bronza

13.

Sultonov Baxodir Maribjon o‘g‘li

boks

XXVIII yozgi Olimpiya o‘yinlari Afina shahri

(Gretsiya)

bronza

2008 yil

14.

Tangriyev Abdullo Tovashevich

dzyudo

XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlariPekin shahri

(Xitoy Xalq Respublikasi)

kumush

15.

Xilko Yekaterina Viktorovna

trampolin

XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlariPekin shahri
(Xitoy Xalq Respublikasi)

bronza

16.

Fokin Anton Viktorovich

sport gimnastikasi

XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlariPekin shahri
(Xitoy Xalq Respublikasi)

bronza

2012 yil

17.

Atoyev Abbos Abdurazzoqovich

boks

XXX yozgi Olimpiya o‘yinlariLondon shahri
(Buyuk Britaniya)

bronza

2016 yil

18.

Nurudinov Ruslan Shamilevich

og‘ir atletika

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

oltin

19.

Zoirov Shaxobidin Shokirovich

boks

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

oltin

20.

Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li

boks

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

oltin

21.

Gaibnazarov Fazliddin Xasanbayevich

boks

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

oltin

22.

Meliqo‘ziyev Bektemir Ro‘zmatjon o‘g‘li

boks

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

kumush

23.

Giyasov Shaxram Djamshedovich

boks

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

kumush

24.

Tulaganov Rustam To‘lqin o‘g‘li

boks

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariRio-De-Janeyro shahri (Braziliya)

bronza