Uzbekistan Airways aviakompaniyasi va Boeing korporatsiyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlari uchun shassilarni tezda almashtirish dasturi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Amerika ishlab chiqaruvchisi matbuot xizmati xabar qildi.

«Mazkur dastur texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, aviakompaniyaga samolyotlarni foydalanishga tezda qaytarishga yordam berib, asosiy faoliyatiga e’tiborini qaratishga imkon yaratadi», — deyiladi xabarda.

Dastur doirasida tashuvchi joriy yoki kapital ta’mirga muhtoj shassilarni Boeing zaxirasidagi boshqa sertifikatlangan shassilar komplektiga almashtirishi mumkin. Mazkur operator uchun shartnoma imzolash, kapital ta’mir jarayonini rejalashtirish va boshqarish talab qilinmaydi.

Uzbekistan Airways Boeing-787 samolyotlaridan 2016 yilda foydalanishni boshlagan. O‘sha yili aviakompaniya Boeing bilan birgalikda Toshkentda Samolyotlar kompozit panellarini ta’mirlash markazini ochdi.

Hozirda aviakompaniya parkida uchta «Orzudagi layner» mavjud bo‘lib, 2020 yilgacha yana uchta shunday samolyotga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda.