11 fevral kuni ertalab «Toshshahartransxizmat» binosi bilan yonma-yon joylashgan «Bay miraj mebel» turk kompaniyasi ijaraga olgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi IIBB matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Oloy bozori yaqinidagi ma’muriy binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabar 8:30 da kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar «bir necha daqiqalar ichida» yong‘inni bartaraf etdi.

Yong‘in natijasida ma’muriy bino tomining 60 kv. m qismi yongan. Hodisaga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlashtirilmoqda. Jabrlanganlar yo‘q.

TSHTX matbuot xizmatining qayd etishicha, yong‘in «Toshshahartransxizmat» asosiy binosiga zarar yetkazmagan.