Shanba kuni Toshkentning Yunusobod tumanida sakkizinchi sinf o‘quvchisi uchinchi qavatdagi uyining derazasidan tushib ketdi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, 14 yoshli F.T. deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab pastga tushib ketgan.

O‘quvchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.