Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14−25 fevral kunlari 14−25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Yig‘in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Jumladan, 16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning «VSG Vattens» klubiga qarshi maydonga tushishadi. 19 fevralda «Real Mursiya A» jamoasi bilan kuch sinashadi. 21 fevralda esa «Lokomotiv Tbilisi» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuvlar vaqtida murabbiylar shtabi jamoaning asosiy tarkibini shakllantirish maqsadida futbolchilar malakasiga baho beradi.