Kecha Saxalinskda o‘tkazilayotgan 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda ishtirokchi terma jamoalar huddi katta kompleks musobaqalarda bo‘lgani kabi o‘z mamlakatlari bayroqlarini ko‘targan holda yurib o‘tishdi.

O‘z navbatida O‘zbekiston sport delegatsiyasi safida tog‘ chang‘isi bo‘yicha terma jamoa a’zosi Medet Nazarov bayroqdor vazifasini bajardi.

Ilk marotaba tashkil etilayotgan musobaqada 20 dan ortiq mamlakat sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.