Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Hindistonning The National Small Industries Corporation Ltd kompaniyasi Sirdaryo viloyatida Hindiston tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zaro hamkorlik asosida «Biznes akselerator» tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, 7−9 fevral kunlari kompaniyaning ikki vakili — Andole Balraj Prabxu Raj va Tyagi Sunil o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash uchun O‘zbekistonga keldi.

Ushbu loyiha yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirish hamda ma’lum bir kasb-hunarga yo‘naltirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.

«Biznes akselerator"ni keyinchalik O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham tashkil etish rejalashtirilgan.