2019 yil 7 fevral kuni soat 21:09da Toshkent tumani Sirg‘ali MFYda yashagan T.D.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda uyning 35 kv metr maydoni yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida T.D.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.