Samarqand viloyati prokurori Farhod Zufarov viloyat aholisining ish bilan ta’minlanish darajasi haqida ma’lumot berar ekan, qaysi tumanda nechtadan ishsiz fuqaro borligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi saytida xabar berildi.

Ayni paytda Samarqand shahrida 21,9 ming, Urgut tumanida 18,2 ming, Past Darg‘om tumanida 14,4 ming, Kattaqo‘rg‘on tumanida 11,7 ming, Samarqand tumanida 10,3 ming, Ishtixon tumanida 9,9 ming, Jomboy tumanida 9,9 ming, Payariq tumanida 9,8 ming, Narpay tumanida 9,0 ming, Bulung‘ur tumanida 7,8 ming, Toyloq tumanida 7,2 ming, Oqdaryo tumanida 6,9 ming, Paxtachi tumanida 6,1 ming, Nurobod tumanida 5,8 ming, Qo‘shrabot tumanida 5,7 ming va Kattaqo‘rg‘on shahrida 3,4 ming fuqaro ishsiz.

Bundan tashqari, 163 ming 453 nafar fuqaro ish qidirib chet davlatlarga chiqib ketgan.