O‘zbekistonda ham rasmiy tarzda aralash qoidalar bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ilk tarixiy O‘zbekiston chempionatiga Nukus shahri mezbonlik qiladi. Bu haqda olamsport.com sayti xabar berdi.

Birinchi mamlakat chempionatida jami 8ta vazn toifasida chempionlar aniqlanadi. Sportchilar -56,7, -61,2, -65,8, -70,3, -77,1, -84, -93 hamda +93 kg vazn toifalarida bahslarga kirishishadi.

Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston chempionati 17 fevral kuni o‘tkaziladi. Olimpiya tizimidagi saralash bahslari soat 10:00dan boshlanadi. Soat 17:00da esa final janglariga start beriladi. 16 fevral kuni sportchilarni tarozidan o‘tkazish marosimi tashkil etiladi.