Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. universitetning 2-bosqich talabasi A.dan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati. Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabani imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.