Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari va tuman IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi fuqaro D.B. o‘zining shaxsini yashirib, fuqaro M.ga tegishli pasport nusxasi bilan joriy yilning 26 yanvarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ruqxonaga joylashib, shu kuni qiz farzandli bo‘lib, 2019 yil 3 fevralda qiz farzandini fuqaro S.ga 3,5 mln. so‘mga sotib ketayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.