Toshkentda davlat ko‘chmas mulklari ijarasi narxlarining qimmatlashganini bosqichma-bosqich o‘tilayotgani bilan izohlandi. Toshkent hokimiyatidan «Gazeta.uz» savolga shunday javob berildi.

11 yanvar kuni poytaxt ma’muriyati davlat ko‘chmas mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarining eng kam stavkalarini tasdiqladi. Hujjatga ko‘ra, ijara to‘lovlari miqdori o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 70 foizga qimmatladi. 2018 yilda indeksatsiya miqdori 20 foizga yaqinroqni, 2017 yilda — 10, 2016 yilda — 12 foizni tashkil etgan.

«Davlat ko‘chmas mulklari qiymati xususiy sektor binolari ijara to‘lovlariga nisbatan tenglashtirildi. Masalan, xususiy sektorda 1 kv. m uchun ijara to‘lovi 5 dan 20 dollargacha, davlat mulklari ijarasi ancha past edi», — dedi hokimiyat vakili.

Davlat mulklari ijarasidan olingan daromadlar mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar Toshkent investitsion iqlimini rivojlantirishga xizmat qiladi, deya ta’kidladi shahar ma’muriyati xodimi.