Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari qonunbuzarlar tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, bojxonachilar tomonidan Xitoydan kelgan va shahardagi omborlardan birida saqlanayotgan oyoq kiyim tagliklari nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv vaqtida aniqlanishicha, hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlardan ortiqcha bo‘lgan va yashirin tarzda saqlanayotgan 2400 juft bolalar oyoq kiyimi, 57 525 juft ayollar shippagining tag qismi va 72 348 juft ayollar shippagining ustki qismi borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy saqlanayotgan tovarlarning umumiy qiymati 2 milliard 647 millionni tashkil qildi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.