9−17 fevral kunlari kunlari Rossiya Federatsiyasining Yujno-Saxalinsk shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada jahonning 20 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham qatnashadi. Bugun ana shu musobaqada qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi.

Ma’lumot uchun, musobaqada tog‘ chang‘isi, snoubord, biatlon, chang‘i poygalari, tramplindan sakrash, figurali uchish, short-trek va xokkey kabi sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil qilinadi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari esa uchta yo‘nalish — tog‘ chang‘isi, figurali uchish va snoubord bellashuvlarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Terma jamoa o‘yinlarga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

Tog‘ chang‘isi:

Valeriya Kovalyova — sportchi

Medet Nazarov — sportchi

Akilbek Buxarbayev — sportchi

Andrey Voronov — katta murabbiy

Dmitriy Kovalev — murabbiy

Figurali uchish:

Niginabonu Jamoliddinova — sportchi

Azizmurod Shabazov — sportchi

Diana Rahmonqulova — sportchi

Ellita Avanesyan — katta murabbiy

Snoubord:

Valeriya Mayorova — sportchi

Aziz Saparbayev — sportchi

Ivan Merkushkin — sportchi

Yuliya Andreyeva — murabbiy

O‘zbekiston delegatsiyasiga MOQ Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinatsiya qilish departamenti direktori Akram Nizametdinovrahbarlik qiladi.