FIFA fevral oyi uchun milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi reytingda 89-pog‘onadan joy oldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalgi reytingga nisbatan terma jamoa 6 pog‘ona yuqorilagdi. Osiyo bo‘yicha esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12-pog‘onada bormoqda.

Eron terma jamoasi hamon Osiyo bo‘yicha 1-pog‘onada bormoqda. Forslar umumiy jadvalda 22-o‘rinda turibdi. FIFA reytingini 1727 ochko jamg‘argan Belgiya terma jamoasi boshqarib turibdi. Amaldagi jahon chempioni Fransiya 2-o‘rinda, Braziliya esa 3-pog‘onada bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida 4ta o‘yin o‘tkazib, 2ta g‘alaba (Ummon, Turkmaniston), 1ta mag‘lubiyat (Yaponiya) va 1ta durang (Avstraliya) qayd etdi. Nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi 120 daqiqa 0:0 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik futbolchilar faqat penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragandi.