Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent kichik xalqa yo‘lida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.S. fuqaro S.X.ga jami 10.000 AQSH dollarini, har bir AQSH dollarini 8 500 so‘mdan hisoblab sotishga kelishib, evaziga uning plastik kartasidan 100 mln so‘m mablag‘ni yechib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.