“O‘zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov Fransiyaning PSA Groupe korporatsiyasi Jizzax viloyatida qo‘shma avtomobil zavodini qurish bo‘yicha loyihani rentabelli emas deb topganini “o‘rinsiz va to‘liq professional emas” deya baholadi. U o‘z mulohazalarini seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda o‘rtoqlashdi.

Dekabrda “O‘zavtosanoat” zavod qurilishi to‘xtagani haqidagi xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng loyiha konsepsiyasi PSA Groupe bilan birgalikda “boshlang‘ich ma’lumotlardagi ba’zi ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar munosabati bilan” qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi.

“Biz „O‘zavtosanoat“ va O‘zbekiston manfaatlaridan kelib chiqib PSA Groupe bilan muzokaralarni davom ettiramiz. Peugeot Citroyon kiritilgan pulni 30 yil ichida qaytara olmasligimiz mumkinligiga ishonganiga kelsak, bu unchalik ham professionallik emas. Chunki o‘tgan yili kompaniya 56 mlrd yevro ishlab topdi. Bu ayrim mamlakatlar YAIMidan ko‘proq. Eslab o‘tish lozimki, Peugeot Citroёn bu yerga kirish va qo‘shma korxona ochishdan oldin O‘zbekiston bozori bo‘yicha barcha hisob-kitob va tahlillarni o‘tkazdi, talabni, TIA, rentabellikni o‘rgandi”, — deya qayd etdi Azizbek Shukurov.

“O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari tomonlarning bitim shartlari konfedensial bo‘lishiga kelishib olgani va jamoatchilikka oshkor qilinmasligi kerakligini, shu sababli mazkur vaziyatda iqtisodiy jihatlarni ma’lum qila olmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Azizbek Shukurov qo‘shimcha ravishda Koreyaning Hyundai kompaniyasi O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida “eshitmaganini” ma’lum qildi. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tijorat avtomobil texnikalarini ishlab chiqaruvchi Hyundai-Namangan KD zavodi qurilishi boshlangan.