Namangan viloyati bojxonachilari tomonidan uyali aloqa telefonlarni O‘zbekistonga yashirincha olib kirish holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga piyoda harakatlanib kelgan fuqaro A.E.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi.

Natijada, fuqaro A.E.ning egnidagi kiyimlarida yashirilgan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, bojxona nazoratidan yashirin tarzda olib o‘tilayotgan 40 dona «Nokia» rusumli uyali telefoni borligi aniqlandi.

Ushbu tovar moddiy boyliklarining umumiy qiymati qariyb 3,2 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.