Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoniga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, iste’molchilarga energiya yetkazib berish iste’molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to‘lash asosida ham amalga oshiriladi. Ilgari, energiya faqat 100 foizlik oldindan haq to‘langanida yetkazib berilgan.

Oldindan haq to‘lanmagan, 50 foizlik haq to‘laydigan iste’molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to‘lanmaganda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gazdan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.