Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining sobiq deputati Olimjon To‘xtanazarov ozodlikka chiqib, oilasi bag‘riga qaytdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan Olimjon To‘xtanazarov 2018 yil 22 sentyabr kuni «firibgarlik» va «pora berish» aybi bilan ushlangan edi.

Sobiq deputat Olimjon To‘xtanazarov ishi bo‘yicha ko‘rilgan sud jarayonlaridan keyin u ozodlikka chiqarilgan.