2019 yilning 2 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani Qamchipurush MFYda yashovchi H.X.ning uyida joylashgan vagonchada yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan va yong‘in o‘chirish vaqtida Qamchipurush MFYda yashagan Sh. I.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in Sh. I.ning vagoncha ichida elektr isitish pechini yoqib, mast holda uxlab qolishidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.