Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari tibbiyot buyumlarining noqonuniy olib kirishga bo‘lgan bir nechta urinishlarni fosh qilishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro M.X.ning qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan, umumiy qiymati 13 million so‘mlik, 627 dona tibbiyotda foydalaniladigan iplar hamda metalldan yasalgan tibbiyot buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Yana bir holatda, fuqaro A.F. ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan umumiy qiymati 16,3 million so‘mlik, 168 dona tish tibbiyot anjomlarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lganda to‘xtatib qolindi.

Yana bir fuqaro M.A. ning qo‘l yuklari orasiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan umumiy qiymati 49,2 million so‘mlik 59 quti tibbiyot tish plombalarini bojxona deklaratsiyasiga yozmasdan olib kirishga bo‘lgan urinishlari fosh qilindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.