Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 fevraldagi qaroriga muvofiq Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizomga muvofiq Qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi, radiatsiya va yadro xavfsizligini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimiga quyidagilar kiradi:

Qo‘mita markaziy apparati;

viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;

Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;

Angren kon-texnika inspeksiyasi;

Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi;

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi;

«Sanoat xavfsizligi» DUK;

«Kontexnazorato‘quv» DUK;

«Sanoat nazorati laboratoriyasi» DUK.

Hududiy boshqarmalar hokimliklardan mustaqildir.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.