Hozirda «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 2389 ta bo‘sh yer uchastkalari 90 milliard 264 million 500 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilmoqda.

Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha — qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi.

Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

«Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 5317 ta bo‘sh yer uchastkalari, 1 trl. 859 mlrd. 692 mln. so‘m investitsiya kiritish, 28224 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 97 mlrd 268 mln 700 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 2928ta bo‘sh yer uchastkalari 810 mlrd. 762 mln. so‘m investitsiya kiritish, 11327 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 19 mlrd. 786 mln. so‘mga sotildi.

Hozirda «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 2389 ta bo‘sh yer uchastkalari 90 mlrd. 264 mln.500 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 26 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 213 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 9 mlrd. 683 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Samarqand viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 179 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 850 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Farg‘ona viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 81 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 875 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 35 mlrd. 875 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Navoiy viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 20ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 188 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 89mlrd. 535 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Xorazm viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 256 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 22 mlrd. 70 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Surxondaryo viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 141 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 750 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Buxoro viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 36 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 389 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 13 mlrd.990 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Andijon viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 26 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 396 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 5 mlrd.591mln. 596 ming so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Namangan viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 32ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 342 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 925 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

Jizzax viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 166 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 900 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

Sirdaryo viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 23 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 201 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 140 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 15 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 87 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 550mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Toshkent viloyati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 40 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 804 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 51 mlrd. 765 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Bugungi kunga qadar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 312 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 3543 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 173 mlrd. 25 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 11 mlrd. 353.mln. 312so‘m miqdorga sotildi.

Bugungi kunda «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida jami 50 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 694 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 100 mlrd. 600 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Jumladan:

Farg‘ona viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan15 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 194 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 400 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Qashqadaryo viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan1 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 6 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 300 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Surxondaryo viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 3 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 19 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 800 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Buxoro viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 10 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 203 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 700 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Sirdaryo viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 3 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 26 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 350 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Navoiy viloyatining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 3 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 70 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 75mlrd. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Toshkent viloyati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 171 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 800 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Qoraqalpog‘iston RespublikasiDavlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 1 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 5 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 250 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.