O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Farmon bilan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi hamda Energetika vazirligi tashkil etildi.

Vazirlikning asosiy vazifasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida yagona davlat siyosatini amalga oshirish hisoblanadi.

Quyidagilar vazirlik tarkibiga o‘tkazildi:

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi;

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;

Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi.

«Energiya tejash milliy kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati tugatildi.