4−5 fevral kunlari Volgabo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklonning kirib kelishi, O‘zbekiston bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zgidrometga tayangan holda.

Shu kunlari shamol tezligi 15−20 m/s, ayrim joylarda 23−28 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Havo harorati 5 fevral kuni kechasi va kunduzi 0…+5, ayrim joylarda — -2 darajagacha tushishi kutilmoqda.

6 fevral kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida bir oz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi −7…−2, kunduzi −2…+3 daraja atrofida bo‘ladi.

7−8 fevral kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. 7 fevral kuni havo harorati kechasi −7…−2, kunduzi +2…+7 daraja, 8 fevral kuni −7…−2, kunduzi +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi.

9 va 10 fevral kunlari Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo oqimining kirib kelishi hamda respublika bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi −5…−0, kunduzi +3…+8 daraja atrofida bo‘ladi.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotlari