O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan quyidagi tuzilmalar tasdiqlandi:

Bosh vazirning kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmati;

Hukumatning Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili kotibiyati;

Xalqaro hamkorlik bo‘limi;

Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi;

Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari
kotibiyati;

Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari kotibiyatlari;

Hukumat apparati boshqaruvchisi, uning o‘rinbosarlari, kotibiyatlari va hukumatning funksional bo‘linmalari.