2 fevraldan boshlab №762/761 «Toshkent-Buxoro-Toshkent» Afrosiyob tezyurar poyezdi Jizzax vokzalida 2 daqiqa to‘xtab o‘tishni boshladi.Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Poyezd harakat jadvaliga o‘zgartish kiritishdan so‘zlangan maqsad turizmni rivojlantirish, sayyoh va investorlarga keng qulayliklar yaratish, shuningdek ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini amalga oshirishdan iboratdir.

Eslatib o‘tamiz, 1 martdan Jizzax viloyatida «Ilg‘or hudud» tajriba loyihasini amalga oshirish boshlanadi. Viloyatda investitsion muhit va aholi hayotini yaxshilash, sanoatning yangi sohalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Jadval

№762 «Toshkent-Buxoro

7:28 — «Toshkent» markaziy vokzalidan jo‘nash

8:54 — Jizzaxga yetib kelish

8:56 — Jizzaxdan jo‘nash

9:42 — Samarqandga yetib kelish

9:50 — Samarqanddan jo‘nash

10:40 — Navoiyga yetib kelish

10:42 — Navoiydan jo‘nash

11:19 — Buxoroga yetib keli

№761 «Buxoro-Toshkent»

15:50 — Buxorodan jo‘nash

16:27 — Navoiyga yetib kelish

16:29 — Navoiydan jo‘nash

17:20 — Samarqandga yetib kelish

17:28 — Samarqanddan jo‘nash

18:14 — Jizzaxga yetib kelish

18:16 — Jizzaxdan jo‘nash

19:44 — Toshkentga yetib kelish