O‘zbekiston prezidentining 1 fevraldagi farmoniga muvofiq, Baxrom Baxodirovich Ashrafxanov moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi Moliya vazirligi matbuot xizmati Telegram-kanalida.

Tayinlovga qadar u sentyabrdan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi, ungacha — 2016−2018 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi lavozida faoliyat ko‘rsatgan.

Bahrom Ashrafxanov (1969 y. t.) 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2007 yildan moliya vaziri o‘rinbosari — Moliya vazirligi G‘aznachiligi rahbari bo‘lib ishlagan. 2005−2007 yillarda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2004−2005 yillarda — moliya vaziri o‘rinbosari, 2002−2004 yillarda — moliya vaziri o‘rinbosari, Moliya vazirligining Sug‘urta nazorati bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, 2000−2002 yillarda — mazkur inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 1998−2000 yillarda — UzAIG O‘zbekiston-Amerika sug‘urta kompaniyasi bosh menejeri, 1994−1998 yillarda — AIG Trading Group`ning Markaziy Osiyodagi vakili bo‘lib ishlagan.