Shu yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaning Istambul shahriga 2 nafar ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Jinoiy guruh a’zolari Istambul shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida aviachiptalar sotib oladilar. Ular Istambulga yuborilayotgan ayollarga avvaliga 1500 AQSH dollari ishlab berish sharti bilan kelishadilar. Daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan 1983 yilda tug‘ilgan Q.A. va 1985 yilda tug‘ilgan U.M.(ayol)ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.