Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Nodirbek Narzullayevich Saydullayev «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nodirbek Saydullayev ilgari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.