«O‘zsuvqurilishta’minot» respublika birlashmasi, «Davsuvmaxsuspudrat» va boshqa suv xo‘jaligi korxonalarida dalolatnomalarga soxta yozuvlar kiritib, 4 mlrd. 270 mln. 204 ming so‘mlik mol-mulk va mablag‘lar talon-toroj qilinib, 71 mln. so‘mlik ish haqi noqonuniy to‘langanligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiya organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori va suv xo‘jaligi qurilishiga oid qonunlar ijrosi doimiy nazorat qilib kelinmoqda.