Toshkent shahar bojxona boshqarmasining kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Bektemir tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolar D.A. va Z.A. «shartli xaridor"ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qo‘mita matbuot xizmatining eslatishiga qaraganda, simob nihoyatda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug‘lanib havoda tarqalishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.