Toshkent markazida barpo etilayotgan yangi «Navro‘z» istirohat bog‘ida Anhor kanali ustida O‘zbekistondagi ilk piyodalar osma ko‘prigi qurilmoqda, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Ko‘prik asosiy va unga cheksizlik belgisi qiyofasini beruvchi ikkita qo‘shimcha o‘tish joyidan iborat bo‘lib, ular bog‘ni Olimpiya shon-sharaf muzeyi bilan bog‘laydi.

Loyiha «Institut giprostroymost Sankt-Peterburg» (Rossiya) instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Loyihani kosntruktorlik yechimlarga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun asosiy konsruksiya qismlari va yordamchi materiallar xorijdan buyurtma qilindi.

Qurilishga mahalliy ko‘priksozlar bilan bir qatorda Rossiyaning «Kurganstalmost», «MostoStroyInjiniring» va Davlat va munitsial ehtiyojlar ta’minoti markazi mutaxassislari jalb qilindi.

Ko‘prik konsepsiyasi, ishchi hujjatlar va olib borilayotgan ishlar Ural kon-metallurgiya kompaniyasi investorlari va aksionerlari, shuningdek «Transmashxolding» (Rossiya) korxonasi tomonidan to‘liq moliyalashtirilmoqda.

Toshkentga tortiq qilinadigan mazkur ob’ekt Mirzo Ulug‘bek tumanida beg‘araz asosda qurilishi ko‘zda tutilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi uzoq muddatli insonparvarlik investitsion dasturining bir qismi hisoblanadi.

Video