Bugungi kunga qadar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 2843 ta bo‘sh yer uchastkalari sotildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilmoqda.

Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha — qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi.

Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

«Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi» DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga respublikaning tuman va shahar hokimliklari tomonidan 5298 ta bo‘sh yer uchastkalari, 1 trl. 784 mlrd. 618 mln. so‘m investitsiya kiritish, 27824 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 95 mlrd 713 mln. 500 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 2843ta bo‘sh yer uchastkalari 796 mlrd. 31 mln. so‘m investitsiya kiritish, 11032 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 19 mlrd. 84 mln. 400 ming so‘mga sotildi.

Hozirda «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 2455 ta bo‘sh yer uchastkalari 89 mlrd. 169 mln. 400 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 207 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 9 mlrd. 383 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 179 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 850 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 83 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 889 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 36 mlrd. 425 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 118 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 14 mlrd. 535 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 256 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 22 mlrd. 70 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 141 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 750 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 377 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 12 mlrd. 290 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Andijon viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 396 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 591 mln. 596 ming so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 32 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 342 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 925 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 166 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 900 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 23 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 201 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 140 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 16 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 94 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 750mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 34 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 722 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 49 mlrd. 635 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Bugungi kunga qadar «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida 307 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 3497 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 170 mlrd. 575 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 10 mlrd. 728 mln. 307 so‘m miqdorga sotildi.

Bugungi kunda «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion savdolarida jami 45 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 591 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 670 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Jumladan:

Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 213 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 350 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 1 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 3 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 120 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 29 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 300 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 200 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 800 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 26 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 2mlrd. 350 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 109 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 270 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 1 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 5 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 250 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.