Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda P.G. va G. P. o‘zlarining 3 oylik o‘g‘il farzandi M.ni fuqaro N.I.ga Mirzo Ulug‘bek tumani, A.Yugnakiy mavzesida 300 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan P.G. va G. P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.