Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya xodimlari 28 yanvar kuni Qoraqalpog‘istondagi Ko‘ksuv suv omborida noqonuniy baliq ovi bilan shug‘ullangan 10 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.Qo‘lga olish chog‘ida inspektorlar brakonerlardan 10 kg xumbosh va 130 kg oq amur borligini aniqladi. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 303,5 mln so‘mni tashkil etdi.

Aniqlangan holat bo‘yicha hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.