«O‘zgidromet» ma’lumotiga asosan, joriy yilning 30−31 yanvar kunlari «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirdi.

Shuningdek, tuman tushib ko‘rinishning 50−100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15−18 m/s gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi, yo‘lning muzlashi kutilayotgani ta’kidlandi.