1 fevral kuni Osiyo Kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Finalda Qatar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvni o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshqarib boradi.

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Abu Dabidagi «Zayed Sports City Stadium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. To‘rtinchi hakam — Ma Ning (Xitoy).

Shuningdek, VAR tizimida Paolo Valeri (Italiya), Muhammad Taqi Bin Javhariy (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya) ishlaydi.