Kecha Nevada sport komissiyasi UFC 229 turnirida ro‘y bergan tartibsizlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda olamsport.com sayti xabar berdi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatildi va 500 ming dollar jarimaga tortildi. Konor MakGregor esa 6 oy jang qila olmaydi va 50 ming dollar jarima to‘laydi.

Habibning ukasi Abubakar va jamoadoshi Zubayra Tuxugov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi. Ular 25 ming dollar miqdorida jarima to‘laydilar.