29 yanvar kuni 11:16 da Farg‘ona vodiysida qayd etilgan kuchsiz zilzila o‘chog‘i Qirg‘izistonning Batken viloyati Qadamjoy tumanida, O‘zbekiston bilan chegaradan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan.

O‘zbekiston FVV Respublika seysmologiya monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Toshkentdan 224 km janubi-sharqda joylashgan. Epitsentrda yer silkinishlari magnitudasi 4 ni tashkil etdi.

Zilzila kuchi Farg‘onada (epitsentrdan 30 km) 3, Namanganda (87 km) va Andijonda (94) 2 balni tashkil etdi.