28 yanvar kuni taxminan 21:00 da Qirg‘izistonning Batken viloyati Botken tumani hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

«O‘sh-Batken-Isfara» avtomobil yo‘lining 207-kilometrida Nexia rusumli avtomobil (O‘zbekiston davlat raqami 40 D 091 PA) qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Mercedes-Benz Sprinter furgoni (Qirg‘izistonda ro‘yxatga olingan) bilan to‘qnashib ketgan.

Nexia haydovchisi va to‘rt yo‘lovchi — O‘zbekiston fuqarolari — hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan. Vafot etganlarning jasadlari Batken tuman shifoxonasiga olib kelingan.