Toshkentga doimiy propiska qilish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar yana ikkitaga ko‘paydi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi hamda «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 75 ta tashkilot mavjud edi.