30 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi mintaqasidan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati O‘zgidrometga tayanib xabar qildi.

29−31 yanvar kunlari respublika bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, 30 yanvar kuni shimoliy hududlarda yomg‘irning qorga aylanishi kutilmoqda.

31 yanvarga qadar havo harorati 6−8 darajaga pasayib, ushbu davr uchun xos bo‘lgan meyo’riy holatga yaqinlashadi, deya qayd etdi sinoptiklar.

1−2 fevral kunlari Kaspiy dengizi hududidan ancha sovuq havo massalarining kirib kelishi bashorat qilinmoqda.

Yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilayotgani yo‘q, havo harorati kechasi −2…+3, kunduzi +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari 28 yanvardan 2 fevralga qadar ko‘chki bo‘lishi xavfi ostida qoladi.

Yaqin kunlar uchun to‘liq ob-havo ma’lumotlari