Transparency International Xalqaro korrupsiyaga qarshi tashkiloti 2018 yilgi Korrupsiyani qabul qilish indeksini (Corruption Perception Index) e’lon qildi.

O‘zbekiston 100 ballik indeks bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan 1 ball ko‘proq natija qayd etdi — 23 ball. Biroq mamlakat reytingi 1 bandga pastlab, 180 davlat va hududlar orasida 158-o‘rinni egalladi. U Mozambik bilan bir xil natijaga ega bo‘ldi.

Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasi bo‘yicha ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0 dan (korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko‘rsatkich) 100 ga qadar (eng past) shkala bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

O‘tgan yildagi kabi, dunyodagi mamlakatlarning uchdan ikki qismdan ziyodrog‘i 50 baldan kam natija qayd etgan, o‘rtacha ball esa 43 ni tashkil etadi. Indeks tuzuvchilar fikricha, butun dunyoda demokratiya inqirozini keltirib chiqarayotgan korrupsiyani nazorat qilishda ko‘plab davlatlarning qobiliyatsizligi davom etayotganidan dalolat beradi.

«Ayrim istisnolar bo‘lsa ham, ba’zi ijobiy o‘sishlar kutilayotsada, aksariyat davlatlar korrupsiyani jiddiy ravishda cheklay olmayapti», — deyiladi Transparency International xabarida.

2012 yildan buyon faqat 20 mamlakat, jumladan Estoniya va Kot-d'Ivuar o‘z reytingini yaxshilay oldi, ammo 16 mamlakat, shu jumladan Avstraliya, Malta va Chilining reytingi tushdi.

Reytingda 88 ball bilan Daniya yana yetakchilikni qo‘lga kiritdi, o‘tgan yili u Yangi Zelandiyaga (87) o‘rnini bo‘shatib bergan edi. Top-10 reytingdan Finlyandiya, Singapur, Shvetsiya va Shveysariya (85 baldan), Norvegiya (84), Niderlandiya (82), Kanada va Lyuksemburg (81 dan) ham joy oldi. Eng yomon ko‘rsatkichni Somali (10), Suriya, Janubiy Sudan (13 baldan), Yaman va Shimoliy Koreya (14 dan) egalladi.

Sobiy ittifoq mamlakatlarining 2018 yilni Korrupsiyani qabul qilish indeksidagi o‘rni

Estoniya — 73 ball / 18-o‘rin

Litva — 59 / 38

Latviya — 58 / 41

Gruziya — 58 / 41

Belarus — 44 / 70

Armaniston — 35 / 105

Moldova — 33 / 117

Ukraina — 32 / 120

Qozog‘iston — 31 / 124

Qirg‘iziston — 29 / 132

Rossiya — 28 / 138

Ozarbaydon — 25 / 152

Tojikiston — 25 / 152

O‘zbekiston — 23 / 158

Turkmaniston — 20 / 161