30 yanvar kunidan Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlanadi. Bu haqda Toshkent IIBB rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Tadbirlar Toshkent IIBB YHXB, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida o‘tkaziladi.