2019 yil 27 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashagan A.R. boshqaruvidagi «VAZ-2101» rusumli avtomashinasini «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» yo‘lining 44-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Natijada haydovchi va uning yo‘lovchisi Sh. R.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda vafot etgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.